
Nega kechasi ventilyatorni ishlatish tavsiya
qilinmaydi?
Yoz
oqshomlari xona haddan tashqari issiq va dim bo`lganida ko`pchilik uxlashga
qiynaladi. Uyda kondisioner bo`lmasa, ventilyator joningizga oro
kiradi. Tunda xona harorati pasaymasa, uyqu buzilishi turgan gap. O`shanda
darrov ventilyatorni yoqamiz, garchi u xona havosini sovitmasa-da, tanaga
yoqimli shabada yuborib turadi. Shunga qaramay, bu matohdan kechasi
foydalanmagan ma`qul. Nima uchun?
Ventilyator allergiklarga to`g`ri kelmaydi
Gap shundaki, ventilyator nafaqat xonadagi havoni, balki unda uchib yurgan
chang va zarralarni ham haydaydi. Allergik rinit yoki nafas yo`llari
muammosidan qiynalayotgan odamlar uchun bu nihoyatda xatarli. Ozgina shamol
tanangizga siz o`ylagandan ko`ra ko`proq zarar etkazishi mumkin.
Voy, boshimlab qolmang!
Bilasizmi, hatto sog`lom odam ventilyator yoqilgan xonada uxlab qolsa ham,
turli noxush oqibatlar kuzatilishi mumkin ekan. Birinchidan, bir necha soat
davomida tinimsiz shamollatish terini quritadi. Natijada u po`st tashlay
boshlaydi.
Ikkinchidan, uxlaganda og`iz va ko`zlar to`liq yopilmasa, ertasiga tongda
achishish bezovta qiladi.
Uchinchidan, uyg`onganda boshingiz og`risa yoki mushaklaringiz uvushib qolsa,
hamma aybni ventilyatordan ko`ravering.